- Bosh sahifa
- Maxfiylik siyosati
Maxfiylik siyosati
Kim
Nuqta tech — Toshkentdagi telefon do'koni. Sayt va Telegram Mini App orqali buyurtma qabul qilamiz.
Qanday ma'lumot olamiz
Telegram'da profilga kirsangiz: Telegram ismingiz, foydalanuvchi nomingiz, ID raqamingiz, tilingiz va (tanlasangiz) qaysi telefoningiz borligi. Buyurtma yoki «Kelsa xabar bering» qoldirsangiz: siz yozgan ism, telefon raqami, tanlagan tovarlar va izohingiz.
Nima uchun
Buyurtmani bajarish, siz bilan bog'lanish, so'ragan tovaringiz kelganda xabar berish. Reklama uchun ishlatilmaydi va sotilmaydi.
Qayerda saqlanadi
Do'konning Google jadvalida (Google Sheets). Tovar rasmlari — ImageKit xizmatida. Faqat do'kon xodimlari ko'radi.
Brauzerda
Mavzu (qorong'u / yorug'), til, savat va sevimlilar faqat sizning qurilmangizda saqlanadi (localStorage). Reklama yoki kuzatuv cookie'lari ishlatilmaydi.
O'chirish
Ma'lumotingizni ko'rish yoki o'chirishni so'rash uchun adminga yozing — @nuqta_tech_admin.